Goal24.uz » Chempionlar ligasi » «Barselona» - «Napoli» o‘yini koronavirus tufayli ko‘chirilishi mumkin

«Barselona» - «Napoli» o‘yini koronavirus tufayli ko‘chirilishi mumkin

Автор: admin

Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Barselona» va «Napoli» o‘rtasidagi javob o‘yini ko‘chirilishi mumkin.
RAC1 xabariga ko‘ra, UEFA Ispaniyadagi koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq og‘ir vaziyat tufayli bahsni boshqa shaharga ko‘chirishni rejalashtirmoqda.
UEFA mamlakat sog‘liqni saqlash Departamentiga murojaat qilib, vaziyat to‘g‘risida ma’lumot so‘ragan. Agar ishtirokchilar xavfsizligi xatar ostida bo‘lsa, o‘yin ko‘chiriladi. Bu haqdagi qaror hafta oxirida qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» - «Napoli» o‘yini 8 avgust kuniga rejalashtirilgan. Dastlabki bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan.
198   
Добавить комментарий
Ваше имя: *