Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Napoli» prezidenti: «Ispaniyada vaziyat qo‘rqinchli, «Barsa»ga qarshi nega Portugaliyada o‘ynamasligimiz kerak?»

«Napoli» prezidenti: «Ispaniyada vaziyat qo‘rqinchli, «Barsa»ga qarshi nega Portugaliyada o‘ynamasligimiz kerak?»

Автор: admin

«Napoli» klubi prezidenti Aurelio De Laurentisning fikricha, Chempionlar ligasi 1/8 finali javob uchrashuvi doirasidagi «Barselona»ga qarshi uchrashuv neytral maydonda o‘tkazilishi kerak. 
«Ispaniyada koronavirus bo‘yicha vaziyat qo‘rqinchli. «Barselona»ga qarshi nega Portugaliyada o‘ynay olmasligimiz kerak?», - deya fikr bildirgan De Laurentis.
Avvalroq, Kataloniyada koronavirus pandemiyasi bo‘yicha vaziyat yomon ekanligi tufayli «Barselona» – «Napoli» o‘yini UEFA tomonidan boshqa shaharga ko‘chirilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, Italiyadagi dastlabki uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan, javob bahsi esa 8 avgust kuni «Kamp Nou»da o‘tishi rejalashtirilgandi.
92   
Добавить комментарий
Ваше имя: *