Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Inter» Messiga to‘rt yillik shartnoma va rekord miqdoridagi maosh tayyorlamoqda

«Inter» Messiga to‘rt yillik shartnoma va rekord miqdoridagi maosh tayyorlamoqda

Автор: admin

Lionel Messi 2021 yilda «Barselona» bilan shartnomasi yakunishidan so‘ng Milanning «Inter» klubi safiga o‘tishi mumkin. Italiya klubi hozirdanoq argentinalik hujumchiga taklif tayyorlamoqda, deya xabar beradi La Gazzetta dello Sport nashri.
«Inter» klubi rahbariyati 33 yoshli goleadorga 4 yilgi mo‘ljallangan jami 260 million yevro maoshli shartnoma hozirlamoqda. 
«Inter» direktori Juzeppe Marotta avvalroq klubning Messiga qiziqishi borligini yashirmagandi. «Inter» xo‘jayinlari Messiga yillik 50 million maosh taklif qilishdan qo‘rqmayapti. Sababi ular ushbu o‘tishdan juda katta moliyaviy mablag‘ ishlab topishlariga ishonishmoqda. Ularning fikricha, Messining «Inter»ga kelishi yangi homiylarning ko‘payishiga va futbolkalar sotuvi orqali katta daromad qilish imkoniyatini yaratadi», - deyiladi manba xabarida.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu «Yuventus» safida yillik 30 million yevro, 4 yil uchun esa jami 120 million yevro maosh oladi. Messiga yillik 50 million yevro maosh berilsa, bu jahon futbolidagi rekord maoshga aylanadi.
113   
Добавить комментарий
Ваше имя: *