Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Der Spiegel: «Manchester Siti» CAS'ga yolg‘on ko‘rsatma bergan

Der Spiegel: «Manchester Siti» CAS'ga yolg‘on ko‘rsatma bergan

Автор: admin

Germaniyaning "Der Spiegel" nashri «Manchester Siti» klubi Sport arbitraj sudi (CAS)ga yolg‘on ko‘rsatma berdi degan fikrda.

Eslatib o‘tamiz, UEFA "Siti"ning moliyaviy faoliyatini tekshirganidan keyin moliyaviy feyr-pley qoidasi buzilgani tufayli klubni 2 yilgi yevrokuboklardan chetlatgan edi. Klub esa CAS'ga apellyasiya bergan edi. Sud esa bu ishni ko‘rib chiqib, diskvalifikasiyani bekor qildi va jarima miqdorini 10 mln. yevroga kamaytirdi.

"Der Spiegel" ma’lumot berishicha, "Man Siti" direktori Saymon Pirs homiylik mablag‘larini o‘tkazish bilan shug‘ullanmagani haqida yolg‘on ko‘rsatma bergan. Buning isboti sifatida nashr Pirs va «Man Siti» titul homiysi hisoblangan "Etihad Airways"ning tijorat ishlari bo‘yicha direktori Piter Baumgartner o‘rtasidagi yozishmani e’lon qildi.

«Man Siti» esa ushbu ayblovga munosabat bildirishga ulgurdi ham "Der Spiegel"ning harakatlarini "surbetlik" deya baholadi.
Manba: sport24.ru
106   
Добавить комментарий
Ваше имя: *