Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Manba: Ximenes tez orada Manchester klubiga o‘tadi

Manba: Ximenes tez orada Manchester klubiga o‘tadi

Автор: admin

«Vulverhempton» hujumchisi Raul Ximenes tez orada «Manchester Yunayted»ga o‘tadi, deb xabar beradi Metro.
Meksikalik forvard mankunianliklar o‘yinchisiga aylanadi, chunki «bo‘rilar» allaqachon uning o‘rnini bosadigan futbolchi bilan shartnoma imzolashgan. Bu «Braga» hujumchisi Paulinyudir.
May oyida Ximenesning yozgi transferlar oynasida Yevropaning top-klublaridan biriga o‘tishi haqida aytilgandi. 29 yoshli forvardga «Yuventus», «Manchester Yunayted» va «Real» qiziqish bildirayotgandi.
Raul «Vulverhempton»ga 2018 yil «Benfika»dan kelib qo‘shilgan. U yakunlangan mavsumda Premer-ligada 38ta o‘yin o‘tkazib, 17ta gol va 6ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
105   
Добавить комментарий
Ваше имя: *