Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Vidal Seten haqida: «Rahbariyat «Barselona»ning kelajagi haqida juda puxtalik bilan o‘ylashi kerak»

Vidal Seten haqida: «Rahbariyat «Barselona»ning kelajagi haqida juda puxtalik bilan o‘ylashi kerak»

Автор: admin

«Barselona» yarimhimoyachisi Arturo Vidal jamoa bosh murabbiyi Enrike Seten haqida fikr bildirdi.
«Muxlislar har bir bellashuvda va har bir chempionatda g‘alaba qozonishimizni so‘rashadi, ammo bu qiyin. Bu safar har bir o‘yinda g‘alaba qozonish vazifasini bajara olmadik. Ammo bu futbol, uning orqasida juda kuchli bo‘lgan «Real» turibdi.
Messining aytganlari haqiqat. Bizda juda ko‘p muammolar bor edi. Biz «Selta» bilan o‘tgan o‘yinda bo‘lgani kabi aql bovar qilmaydigan ochkolarni yo‘qotdik. Endi birlashishimiz kerak. 
Muxlislar sovrin xohlashadi. Agar bunday bo‘lmasa, matbuot murabbiy va o‘yinchilarni o‘zgartirish kerakligi haqida yoza boshlaydi. Biz Seten bilan oz ishladik, u to‘satdan bosh murabbiy etib tayinlandi. Rahbariyat mavsum tugashi bilan «Barselona» kelajagi haqida juda puxtalik bilan o‘ylashi kerak», – deya Vidalning so‘zlarini keltiradi Winsports.
92   
Добавить комментарий
Ваше имя: *