Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Yevropaning eng kuchli klublari reytingi e’lon qilindi. “Bavariya” yetakchi, “Real” top-3 da ham yo‘q

Yevropaning eng kuchli klublari reytingi e’lon qilindi. “Bavariya” yetakchi, “Real” top-3 da ham yo‘q

Автор: admin

Gracenote agentligi tomonidan tuzilgan Yevropaning eng yaxshi klublari reytingi (Euro Club Index ) e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Myunxenning “Bavariya” jamoasi ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda “Liverpul” va “Barselona” bormoqda.
Kuchli yigirmatalikdan Angliyaning oltita klubi o‘rin oldi. Ispaniya, Germaniya va Italiyadan esa to‘rttadan jamoa top-20 ga kirgan. Shuningdek, Fransiya va Ukrainadan bittadan jamoa ham Yevropaning eng yaxshi 20 jamoasi qatorida turibdi.
Mazkur reyting jamoalarning so‘nggi to‘rt mavsumdagi milliy chempionat, kubok bahslari va Yevrokuboklardagi natijalariga asoslanib tuziladi. Shu bilan birga so‘nggi mavsumdagi natijalar eng katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Euro Club Index reytingi bo‘yicha top-10 jamoa bilan tanishing:
  1. “Bavariya” — 4233
  2. “Liverpul” — 4145
  3. “Barselona” — 4119
  4. “Manchester Siti” — 4078
  5. “Real Madrid” — 3895
  6. PSJ — 3890
  7. “Atletiko Madrid” — 3752
  8. “Yuventus” — 3672
  9. “Chelsi” — 3538
  10. “Manchester Yunayted” — 3536
146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *