Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Krishtianu Ronalduning gollariga eng ko‘p assistentlik qilgan futbolchi ma’lum bo‘ldi

Krishtianu Ronalduning gollariga eng ko‘p assistentlik qilgan futbolchi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

“Real” hujumchisi Karim Benzema sobiq jamoadoshi “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronalduga eng ko‘p assistentlik qilgan futbolchilar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, Benzema Ronaldu “Real”da o‘ynagan vaqtida unga 76 marta assistentlik qilgan.
Ikkinchi o‘rinni 41 assist bilan Garet Beyl egalladi. Kuchli uchlikni esa Mesut O‘zil (38) yakunlab berdi.
Beshinchi o‘rindan Gonsalo Iguain (32) joy olgan, u Krishtianu bilan avvalroq “Real”da, hozirda esa “Yuventus”da birga to‘p surmoqda. Ronalduning Madrid klubida birga o‘ynamagan eng yaxshi assistenti “Manchester Yunayted” sobiq hujumchisi Ueyn Runi (25) sanaladi.
Ronalduga eng ko‘p assistentlik qilgan futbolchilar top-10 ligi:
1. Karim Benzema — 76 ta assist
2. Garet Beyl — 41
3. Mesut O‘zil — 38
4. Marselo — 33
5. Gonsalo Iguain — 32
6. Anxel di Mariya — 28
7. Ueyn Runi — 25
8. Isko — 24
9. Rayan Giggz — 23
10. Kaka — 21.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 35 yoshli Ronaldu rasmiy o‘yinlardagi gollari sonini 735 taga yetkazib, braziliyalik Romarioni (734) ortda qoldirgandi. Undan oldinda faqatgina afsonaviy Pele (767) bormoqda.
126   
Добавить комментарий
Ваше имя: *