Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Inter» «Tottenhem» yarimhimoyachisiga qiziqmoqda

«Inter» «Tottenhem» yarimhimoyachisiga qiziqmoqda

Автор: admin

«Inter» «Tottenhem» yarimhimoyachisi Tanguy Ndombelega qiziqmoqda.
The Guardian'ning yozishicha, Milan klubi allaqachon 23 yoshli futbolchining transferi borasida muzokaralarga kirishgan.
Xabar qilinishicha, «Tottenhem» fransiyalik yarimhimoyachini 50 mln yevroga baholamoqda. 
«Inter» esa o‘z navbatida Ndombele uchun buncha pul to‘lashga tayyor emas. Shuning uchun «neradzurri» kelishuvga himoyachi Milan Shkrinyar yoki vinger Ivan Perishichni qo‘shishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Ndombele yakunlangan mavsumda APLda 21ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi.
110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *