Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Manba: «Barselona»da transferlar uchun pul yo‘q

Manba: «Barselona»da transferlar uchun pul yo‘q

Автор: admin

«Barselona» yozgi transfer oynasini qanday o‘tkazmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi.
RAC1 xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar yangi futbolchilarni olish uchun kimnidir sotishi kerak. Chunki pandemiya tufayli yuzaga kelgan og‘ir vaziyatda transferlarga pul qolmagan. 
Agar «Barselona» murabbiylar shtabiga kerak bo‘lmay qolgan futbolchilar bilan xayrlasha olmasa, yangi transferlarga mablag‘ topolmaydi.
Avvalroq «Barselona» 12 nafar futbolchisini, jumladan Usmon Dembele, Filippe Koutino va Martin Breytueytni transferga qo‘ymoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. 
Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumini «Barselona» 2-o‘rinda yakunladi.
124   
Добавить комментарий
Ваше имя: *