Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Napoli» «Lill» to‘purarini sotib oldi

«Napoli» «Lill» to‘purarini sotib oldi

Автор: admin

«Lill» hujumchisi Viktor Osimhen «Napoli»ga o‘tdi. Bu haqda Italiya klubi rasmiy sayti xabar berdi.
«Napoli» kelishuv tafsilotlarini oshkor qilmadi.
Taxminlarga ko‘ra, 21 yoshli nigeriyalik 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma tuzgan. Uning yillik maoshi 4,5 mln yevrodan iborat.
Italiya nashrlarining xabar qilishicha, «Lill» Osimhen uchun 50 mln yevro olgan. Bu qiymat bonuslar hisobiga 60 mlnga yetishi mumkin. 

Jurnalist Janluka Di Marsioning yozishicha, bonuslar qiymati «Napoli»ning Chempionlar Ligasida qanchalik muvaffaqiyatli ishtirokiga bog‘liq.
L'Equipe esa futbolchi Neapol klubi uchun umumiy hisobda 81,3 mln yevroga tushishini ma’lum qilgan. 
Osimhen o‘tgan mavsumda Liga 1da 27ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urgan va jamoasining to‘purari bo‘lgan.
141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *