Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi eng murakkab raqibini aytdi

Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi eng murakkab raqibini aytdi

Автор: admin

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi eng qiyin raqibini aytdi.
«Faoliyatimda duch kelgan eng qiyin raqib – bu yilgi va o‘tgan yilgi «Liverpul».
Jamoang to‘pga egalik qilayotganida ular bo‘sh hududlarni tezkorlik bilan yopib qo‘yishmoqda. Tezda orqaga qaytishmoqda. Ular strategik jihatdan juda kuchli. Futbolchilarning irodasi ham ajoyib.
Klopp – o‘zini qanday mag‘lub eta olishim haqida eng ko‘p o‘ylantirgan raqib.
Qiyin o‘yinlarda, murakkab musobaqalarda Mourino, Pellegrini kabi murabbiylarga qarshi o‘yinlarda yaxshi murabbiy sifatida shakllanishimga sabab bo‘lgan jamoa «Real» ekanini har doim aytganman.
Ammo eng qiyin raqib – «Liverpul». Angliyaga kelganimda «Liverpul» kuchsizroq, ammo «Real» kuchli edi. Endi esa bu «Liverpul» eng murakkab raqibga aylandi», – deb Gvardiola so‘zlarini keltirmoqda DAZN.
131   
Добавить комментарий
Ваше имя: *