Goal24.uz » Jahon » Jasur Yaxshiboyev to‘liq harakat qilgan o‘yinda “Shaxtyor Soligorsk” g‘alaba qozondi

Jasur Yaxshiboyev to‘liq harakat qilgan o‘yinda “Shaxtyor Soligorsk” g‘alaba qozondi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Belarus chempionatining 20-turida “Shaxtyor” 31-iyul, juma kuni “Slutsk” maydoniga safar qildi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida Artyom Arxipov penaltini aniq bajarib, soligorskliklarni oldinga olib chiqdi. 60-daqiqada Jasur Yaxshiboyev raqib jarima maydoniga yorib kirayotgan bir vaqtda qo‘pollik bilan to‘xtatildi. Natijada belgilangan jarima zarbasini Nikola Antich aniq bajardi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Mazkur bahsda o‘zbekistonlik hujumchi to‘liq harakat qildi.
Shu tariqa “Shaxtyor” ochkolarini 40 taga yetkazib olgan holda peshqadamlikda davom etmoqda. Jamoa bitta zaxira o‘yini bor BATEdan uch ochko oldinda.
Belarus Oliy Ligasi
20-tur bahsi
31-iyul, juma

“Slutsk” — “Shaxtyor Soligorsk” 0:2

Gollar: 0:1 – 25, penalti Arxipov, 0:2 – 61 Antich.
“Slutsk”: Pankratov, Anyukevich, Takulov, Chebotayev, Krivulkin, Salu, Apanasovich (Serdyuk, 63), Semenov, Burayev, Teterenko, Zuyevich (Velko, 74).
“Shaxtyor”: Gutor, Antich, Xadarkevich, Sachivko, Vukmanich (Burko, 46), Selyava, Szoke, Ivanovich, Yaxshiboyev, Podstrelov (Bodul), Arxipov (Balanovich, 29).
Ogohlantirishlar: Krivulkin (25), Vukmanich (27), Takulov (60), Salu (61), Serdyuk (64), Szoke (76).
173   
Добавить комментарий
Ваше имя: *