Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » PSJ penaltilar seriyasida “Lion”ni mag‘lub etib, Fransiya Liga Kubogiga ega chiqdi

PSJ penaltilar seriyasida “Lion”ni mag‘lub etib, Fransiya Liga Kubogiga ega chiqdi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Fransiya Liga Kubogining finalida PSJ va “Lion” klublari 31-iyul, juma kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida darvozalar daxlsiz qoldi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmagach penaltilar seriyasiga murojaat qilindi.
Penaltilar seriyasida parijlik futbolchilar kuchliroq chiqdi. PSJ safida Anxel di Mariya, Marko Verratti, Leandro Paredes, Ander Errera va Neymar mo‘ljalni aniq olgan bo‘lsa, “Lion”dan Yoakim Andersen, Karl Toko Ekambi, Maksans Kakre, Tyago Mendes va Ussem Auar 11 metrlik jarima zarbasini aniq ijro etdi. Bertran Traorening yagona xatosi esa “Lion”ga qimmatga tushdi.
Shu tariqa PSJ to‘qqizinchi marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi va bu borda rekordchi hisoblanadi. “Lion” esa 2000/01-yilgi mavsumda bir bor Liga Kubogida zafar quchgandi.
Avvalroq Tomas Tuxel shogirdlari muddatidan oldin to‘xtatilgan Fransiya chempioni g‘olibiga aylangan va Fransiya Kubogiga ega chiqqandi.
Fransiya Liga Kubogi
Final bahsi
31-iyul, juma

PSJ — “Lion” 0:0 (penalti — 6:5)

PSJ: Navas, Bakker, Tiago Silva (Paredes, 90), Kurzava (Kerer, 70), Markinyos (Diallo, 114), Guye (Errera, 58), Verratti, Di Mariya, Kimpembe, Neymar, Ikardi (Sarabiya, 58).
“Lion”: Antoni Lopesh, Marsal, Marselo (Andersen, 81), Denayer, Dyubua (Rafael, 86), Auar, Bruno Gimaraes (Tiago Mendes, 65), Kakre, Korne, Depay (Toko-Ekambi, 80), Dembele (Traore, 80).
Ogohlantirishlar: Kakre (19), Tiago Silva (55), Bruno Gimaraes (61), Errera (79), Marsal (94), Markinyos (95), Paredes (100), Di Mariya (115).
Chetlatish: Rafael (119).
182   
Добавить комментарий
Ваше имя: *