Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Yangi mavsumda polshalik hujumchi Ronaldu bilan tandem hosil qilishi mumkin

Yangi mavsumda polshalik hujumchi Ronaldu bilan tandem hosil qilishi mumkin

Автор: admin

Klublar futbolchi almashtirishlari mumkin.
Polshalik forvard Arkadiush Milik yozgi transfer oynasi vaqtida "Napoli"ni tark etadi.
Italiyalik jurnalist Janluka Di Martsio ma’lumotiga ko‘ra, klub va futbolchi shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelisha olmayotganligi ortidan mavsum yakunlanganidan so‘ng forvard Neapol klubini tark etishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, Milik transferiga A Seriyaning boshqa bir klubi "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. Turinliklar ushbu kelishuv uchun Federiko Bernardeski va qo‘shimcha tovon puli taklif qilishmoqchi.
26 yoshli futbolchining "Napoli" bilan shartnomasi 2021 yil yozigacha amal qiladi. Joriy mavsumda polshalik futbolchi A Seriyada 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol muallifi bo‘ldi.
97   
Добавить комментарий
Ваше имя: *