Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » «Spartak» O‘runov transferini qachon e’lon qilishi ma’lum bo‘ldi

«Spartak» O‘runov transferini qachon e’lon qilishi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

«Ufa» yarimhimoyachisi Oston O‘runov yaqin kunlarda «Spartak» futbolchisiga aylanadi, deya yozmoqda «Sport-Ekspress» nashri.
«Tomonlar transfer va futbolchining shartnomasi borasida kelishuvga erishgan, faqatgina o‘zbekistonlik 19 yoshli futbolchining tibbiy ko‘rikdan o‘tishi qolgan. 3 avgust kuni Aleksandr Kokorin rasman «Spartak» futbolchisi sifatida ommaga tanishtirilgach, shundan keyin O‘runovning transferi haqida rasmiy xabar beriladi. Kokorin tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘lgan. Ushbu yangi futbolchilar birgalikda tanishtirilmaydi», - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, avvalroq «Spartak» Oston O‘runov uchun «Ufa»ga 2 million yevro transfer puli to‘lashi, futbolchining o‘ziga esa yiliga 600 ming yevrolik shartnoma taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.
126   
Добавить комментарий
Ваше имя: *