Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Arsenal» Obameyangning dubli evaziga «Chelsi»dan ustun kelib, 14-bor Angliya Kubogida zafar quchdi

«Arsenal» Obameyangning dubli evaziga «Chelsi»dan ustun kelib, 14-bor Angliya Kubogida zafar quchdi

Автор: admin

Angliya Kubogi finalida «Arsenal» va «Chelsi» klublari bahs olib borishdi. «Uembli»da o‘tgan to‘qnashuvda «to‘pchilar» irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Pulishichning tezkor goliga Obameyang dubli bilan javob berdi.
Shu tariqa «Arsenal» o‘z tarixida 14-marta Angliya Kubogida g‘olib bo‘ldi, Mikel Arteta esa bosh murabbiy sifatida ilk sovrinini yutdi.
Shuningdek, bu g‘alaba «Arsenal»ni Yevropa Ligasiga olib chiqdi.
Angliya Kubogi, final
Arsenal – Chelsi 2:1
1 avgust, «Uembli»
Gollar:
Obameyang (28 penalti, 67) – Pulishich (5).
Arsenal: Martines, Belerin, Holding, Tirni (Kolashinats, 90+13), Meytlend-Naylz, Jaka, Sebalos, Pepe, David Luis (Sokratis, 88), Obameyang, Lyakazett (Nketia, 82).
Chelsi: Kabalero, Alonso, Zuma, Aspilikueta (Kristensen, 35), Jeyms, Pulishich (Pedro, 49), Kovachich, Maunt (Barkli, 79), Jorjino, Ryudiger (Hadson-Odoi, 78), Jiru (Abraham, 78).
Ogohlantirishlar: Kovachich (14), Aspilikueta (26), Maunt (45+4), Sebalos (73), Ryudiger (75), Barkli (89).
Chetlatish: Kovachich (73).
137   
Добавить комментарий
Ваше имя: *