Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Ivelin Popov: «Shomurodovga ovoz berdim, chunki u eng zo‘r»

Ivelin Popov: «Shomurodovga ovoz berdim, chunki u eng zo‘r»

Автор: admin

«Rostov» sardori Ivelin Popov RPLning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz berish jarayonida birinchi o‘ringa jamoadoshi Eldor Shomurodovni belgilaganini aytdi.
«Eng yaxshi o‘yinchi uchun so‘rovnomada birinchi o‘ringa Eldor Shomurodovni belgiladim. Chunki u eng zo‘r. Ikkinchi o‘ringa Miranchukni qo‘ydim. Uning mehnatlari evaziga «Lokomotiv» YeCHLga chiqdi. Uchinchi o‘ringa Ozmunni munosib ko‘rdim. U «Zenit»ning chempionligi uchun ko‘p narsa qildi. Buni statistika ham ko‘rsatib turibdi.
Himoyachilar orasida Branislav Ivanovichni alohida ta’kidlagan bo‘lardim. U legioner qanday bo‘lishining haqiqiy namunasi. Ko‘pchilik RPLga pul ishlash uchun keladi va bu xato. Ivanovich haqiqiy professional, chempionat shunday legionerlar hisobiga kuchayadi. Afsus, u Rossiyada qolmayapti», deb Popovning so‘zlarini keltirmoqda «Rostov» rasmiy sayti.
Eldor Shomurodov Rossiya chempionatining ortda qolgan mavsumida 11ta gol urdi va 6ta golga assistentlik qildi. U gol+pas bo‘yicha chempionatda «Zenit» hujumchilari Artyom Dzyuba va Sardor Ozmundan keyin uchinchi bo‘ldi.
156   
Добавить комментарий
Ваше имя: *