Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Arsenal» keyingi mavsumda Yevropa Ligasida o‘ynaydi

«Arsenal» keyingi mavsumda Yevropa Ligasida o‘ynaydi

Автор: admin

Angliya kubogi finalida «Chelsi»ni mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan «Arsenal» keyingi mavsumda yevrokuboklarda qatnashish imkonini qo‘lga kiritdi.
APLda 8-o‘rinni qo‘lga kiritib, yevrokuboklardan quruq qolgan «Arsenal» bunga kubok orqali erishdi. «Arsenal» keyingi mavsumdan Yevropa Ligasi guruh bosqichidan musobaqani boshlaydi. Shu tariqa Angliya sharafini Yevropa Ligasida keyingi mavsumda «Lester», «Tottenhem» va «Arsenal» himoya qiladi.
APLning yana 4 jamoasi esa kelasi mavsumda YeCHL guruh bosqichidan musobaqani boshlaydi. Keyingi mavsumda Angliyaning yevrokuboklardagi jamoalari soni 8tani tashkil etishi ham mumkin. Agar APLni 7-o‘rinda yakunlagan va Yevropa Ligasining joriy mavsumida ishtirokini davom ettirayotgan «Vulverhempton» musobaqada g‘olib bo‘lsa, kelasi mavsumda YeCHL guruh bosqichida o‘ynaydi.
118   
Добавить комментарий
Ваше имя: *