Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Koutinyoning «Arsenal»ga transfer qilishning yana bir varianti paydo bo‘ldi

Koutinyoning «Arsenal»ga transfer qilishning yana bir varianti paydo bo‘ldi

Автор: admin

«Barselona» yarim himoyachisi Filippe Koutinyo faoliyatini «Arsenal»da davom ettirishi mumkin.

"The Independent" tarqatgan xabarga ko‘ra, londonliklar "ko‘k-anorranglilar" futbolchisini qo‘lga kiritishning turli variantini ko‘rib chiqishmoqda. Birinchi variant — ijara. Ikkinchi variant — braziliyalik futbolchining transferini to‘liq sotib olish.

Uchinchi variant esa — «Barselona» bilan o‘yinchi almashish. Xususan, "kanonirlar" yarim himoyachi Matteo Genduzi kataloniyaliklarga berib, uning ustiga yana 9 million funt to‘lashlari mumkin.

«Yuventus» ham Genduziga qiziqish bildirayotgani vaziyatni murakkablashtirishi mumkin. Chunki «Arsenal» avvalroq turinliklar bilan uning transferini muhokama qilgan edi.

Genduzi «Brayton»ga qarshi o‘yindagi mojaroli vaziyatdan so‘ng biror marta «Arsenal» qaydnomasidan o‘rin olmadi. O‘shanda yarim himoyachi o‘yin paytida raqib jamoa futbolchilari ustidan kulgan edi.

Koutinyo joriy mavsumda ijara asosida «Bavariya»da o‘ynamoqda. U Bundesliga doirasida 23ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 6ta assistni amalga oshirdi.
Manba: sports.ru
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *