Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Bartomeu: «Artur bilan kelishuvimiz bor edi. U klubga va jamoadoshlariga hurmatsizlik qildi»

Bartomeu: «Artur bilan kelishuvimiz bor edi. U klubga va jamoadoshlariga hurmatsizlik qildi»

Автор: admin

«Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu yarimhimoyachi Arturning jamoaga qaytishni istamayotganligini tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, braziliyalik Chempionlar Ligasi yakunlangach, avgust oyi oxirida «Yuventus» safiga qo‘shilishi kerak.
«Artur jamoadoshlariga hurmatsizlik qildi, chunki klub Chempionlar Ligasida yaxshi ishtirok etishni istaydi. O‘yinchining muhim turnir oldidan bunday qarorga kelishi – mantiqsizlik. Bunday harakat hech narsa bilan oqlanmaydi. 
Biz Artur bilan Chempionlar Ligasiga yakuniga qadar uning tarkibda bo‘lishiga kelishib olgandik. Bu kelishuv chempionat uchun ham, Chempionlar Ligasi uchun ham amal qiladi. U o‘z o‘rniga ega, jamoaga yordam beradigan futbolchidir.
U qisqa ta’tildan so‘ng o‘zini ko‘rsatmadi. Biz surishtirishni boshladik. So‘ng u qo‘ng‘iroq qildi va shunday dedi: «Men qatmayman, Braziliyada qolaman». Bu – uning qarori. Unga hech kim ruxsat bermadi», – deb Bartomeuning so‘zlarini keltiradi Diario Sport.
113   
Добавить комментарий
Ваше имя: *