Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » «Spartak» Kokorin transferini e’lon qildi. Unga katta miqdorda ko‘tarma puli to‘langan

«Spartak» Kokorin transferini e’lon qildi. Unga katta miqdorda ko‘tarma puli to‘langan

Автор: admin

Moskvaning «Spartak» klubi Aleksandr Kokorinni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sahifalarida e’lon qilindi: «Xush kelibsan, Sasha», deb yozdi klub rasmiy tvitteri.
Erkin agent sifatida «Spartak»ga qo‘shilgan Kokorin klub bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. Bu vaqt davomida futbolchi yiliga 3 million yevrodan ko‘proq maosh oladi. Shuningdek, rus nashrlarida «Spartak» rasman tekinga kelgan Kokoringa 2,5 million yevro ko‘tarma puli to‘lagani aytilmoqda.
Kokorin o‘tgan mavsumni RPLning boshqa jamoasi «Sochi» safida o‘tkazgandi. Faoliyati davomida faqat Rossiyada o‘ynagan 29 yoshli hujumchi bungacha «Zenit» va «Dinamo» jamoalarida harakat qilgan. Pavel Mamayev bilan birga qilgan zo‘ravonligidan so‘ng «Zenit» u bilan shartnomani bekor qilgandi.
113   
Добавить комментарий
Ваше имя: *