Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Gattuzo: «Messini faqat tushimda to‘xtata olishim mumkin»

Gattuzo: «Messini faqat tushimda to‘xtata olishim mumkin»

Автор: admin

«Napoli» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi doirasidagi «Barselona»ga qarshi o‘yin oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Yaxlit jamoa sifatida harakat qilib, o‘z kuchimizga ishonsak imkoniyat albatta bo‘ladi. O‘yin og‘ir o‘tishini juda yaxshi tushunib turibmiz. Nimaga qodirligimizni ko‘rsatishimiz uchun miyamizni ortiqcha narsalardan xalos qilishimiz kerak. Messini to‘xtata olamanmi? Uni faqat tushimda to‘xtata olishim mumkin. Yoki u bilan PlayStation o‘ynaganimda to‘xtata olarman. 
Insinening holati? Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, uning ahvoli haqida xulosa chiqaramiz. Umid qilamanki, jarohat biz o‘ylaganchalik jiddiy emas», - deya Gattuzoning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sport Italia.
 
Ma’lumot uchun, «Barselona» — «Napoli» uchrashuvi 8 avgust kuni «Kamp Nou» stadionida o‘tkaziladi. Dastlabki o‘yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etilgan edi.
116   
Добавить комментарий
Ваше имя: *