Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Bartomeu: «Barsa»dagi yoshi 30dan oshgan o‘yinchilar ishtiyoqini yo‘qotgan, degan gaplarga qo‘shilmayman»

Bartomeu: «Barsa»dagi yoshi 30dan oshgan o‘yinchilar ishtiyoqini yo‘qotgan, degan gaplarga qo‘shilmayman»

Автор: admin

«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu jamoaning yoshi 30dan oshgan futbolchilarini maqtadi.
«Jamoadagi yoshi 30dan oshgan o‘yinchilar ishtiyoqini yo‘qotgan qabilidagi gaplarga qo‘shilmayman. Ular hozir ham eng yaxshilarimiz. Ajoyib o‘yin namoyish etib, mashg‘ulotlarda ham kerak bo‘lsa hammadan ko‘p ishlashdi, g‘alaba uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishdi. Bu futbolchilarimizning ishtiyoq va ambitsiyalari kuchli ekanligiga shubham yo‘q. 
Ularning tajriba va mahoratlarini yangi avlod bilan uyg‘unlashtirish - eng yaxshi kombinatsiya. Futbolchilarimizning ba’zan g‘azablanishi yoki jahl ustida fikr bildirishi ham ularning doim g‘alabaga chanqoq ekanliklarini ko‘rsatadi», - deydi «Barselona» rahbari.
Avvalroq Lionel Messining shartnomasi yakuniga yetgach, u 2021 yilda Kataloniya klubini tark etishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.
113   
Добавить комментарий
Ваше имя: *