Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» prezidenti: «Lautaro va Neymarning transferiga imkoniyatimiz yo‘q – biz 200 mln yevro yo‘qotdik»

«Barselona» prezidenti: «Lautaro va Neymarning transferiga imkoniyatimiz yo‘q – biz 200 mln yevro yo‘qotdik»

Автор: admin

«Barselona» klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeuning aytishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy yo‘qotishlar sabab klub «Inter» hujumchisi Lautaro Martines va «PSJ» forvardi Neymarning transferidan voz kechgan.
«Biz so‘nggi bir necha hafta davomida «Inter» rahbariyati bilan Lautaroning transferi masalasida muzokaralar olib bordik, ammo o‘zaro rozilik bilan muzokaralarni to‘xtatib turishga qaror qildik. Yuzaga kelgan hozirgi vaziyat katta transferlar uchun mablag‘ to‘lay olishimizga to‘sqinlik qiladi. 
Neymarning transferi? Hozirgi holatda buning iloji yo‘q. «PSJ» uni sotishni istamaydi. Klub jahonning eng yaxshi futbolchilaridan birini qo‘yib yuborishni istamasligi tabiiy hol. Biz o‘tgan mavsumda Neymarni qaytarish uchun ancha harakat qilgandik, ammo bu yil ushbu masala ko‘rilgani ham yo‘q.
«Barselona» martdan iyun oyigacha 200 million yevro yo‘qotdi. Biz keyingi mavsumda 1,1 milliard yevro ishlab olmoqchi edik, ammo hozirgi sharoitda daromadlarimiz 30 foizga qisqarishi deyarli aniq. Vaziyat o‘nglanmasa, barcha reja va loyihalarimizni qaytadan ko‘rib chiqishimizga to‘g‘ri keladi.
Katta ehtimol bilan yirik transferlarga hozircha qo‘l ura olmaymiz. Menimcha klublar o‘rtasida futbolchilarni o‘zaro almashish holatlari oshadi. Bu Yevropaning barcha yirik klublariga taaluqli. Bunga ko‘nikishimiz kerak. Men bir yil haqida emas, keyingi 3 yoki 4 yil haqida gapirayapman», - deya Bartomeuning so‘zlarini keltirmoqda Sport.es.
116   
Добавить комментарий
Ваше имя: *