Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Oston O‘runov dushanba kuni «Spartak»da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

Oston O‘runov dushanba kuni «Spartak»da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

Автор: admin

Rossiyalik taniqli jurnalist va insayder Nobel Arustamyanning xabar berishicha, «Ufa» yarimhimoyachisi Oston O‘runov tez orada «Spartak» safiga qo‘shiladi.
«Spartak»ning Kokorindan keyingi transferi Oston O‘runov bo‘ladi. U ertaga, dushanba kuni «Spartak»da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu bilan o‘zgarishlar to‘xtamasligiga ishonchim komil. «Spartak» hali xaridlarni davom ettiradi. Jamoa yangi futbolchilarni taklif etishdan tashqari, aksariyat o‘yinchilarini boshqa klublarga sotadi», - deya yozgan Arustamyan.
Avvalroq, Moskva klubining Oston O‘runov transferi uchun 2 million yevro sarflayotgani, o‘zbekistonlik futbolchiga esa yillik 600 ming yevro maosh berilishi haqida xabar qilingan edi.
168   
Добавить комментарий
Ваше имя: *