Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Bartomeu: «Setyen «Barselona» bosh murabbiyi lavozimida qoladi»

Bartomeu: «Setyen «Barselona» bosh murabbiyi lavozimida qoladi»

Автор: admin

«Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu bayonot berib, Kike Setyen kelasi mavsumda ham jamoa boshqaruvida qolishini ma’lum qildi.

«Setyen bilan tuzilgan shartnoma mavjud. Uni bosh murabbiy vazifasiga tayinlaganimizda, unga faqat ushbu mavsumda emas, kelgusi mavsumda ham ishlashini aytgan edik. Murabbiyning faoliyatiga atigi bir necha oydan so‘ng, boz ustiga, orada pandemiya bilan bog‘liq tanaffusdan so‘ng, baho berish qiyin. Arturo Vidal murabbiy o‘yinchilarni yaxshi bilib olish va ular bilan ishlash uchun kam vaqtga ega bo‘lganini aytdi.

Biz murabbiyni almashtirish haqida biror marta o‘ylamadik. Setyen — bizning murabbiy. Biz hech kim bilan gaplashmadik. Loran Blan ham, boshqasi bilan ham.

Men Xavi bilan gaplashib turaman. U bilan munosabatlarimiz yaxshi. Lekin u o‘z klubi bilan shartnomani yaqindagina uzaytirdi. Vaqti kelib u «Barselona» bsh murabbiyiga aylanadi. Qachonligini esa uning o‘zi hal qiladi», — dedi Bartomeu.

Eslatib o‘tamiz, 61 yoshli Setyen 2020 yilning yanvar oyida «Barselona» bosh murabbiyiga aylangan edi.
Manba: sport24.ru
106   
Добавить комментарий
Ваше имя: *