Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Diskvalifikasiyaga uchragan Ramos «Real» bilan Manchesterga yo‘l oladi

Diskvalifikasiyaga uchragan Ramos «Real» bilan Manchesterga yo‘l oladi

Автор: admin

«Real» sardori Serxio Ramos diskvalifikasiyaga uchraganiga qaramay, Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi safardagi o‘yinga jamoa bilan birga yo‘l oladi.

Futbolchi jamoadoshlarini ruhlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida shunday qilmoqchi. U jamoa yetakchisi sifatida bu vazifani bajarmoqchi. Ispaniyalik futbolchining fikricha, «Real» Madriddagi o‘yinda «Siti»ga nohaq yutqazgan. Shu bois, "Qirollik klubi" o‘yin taqdirini hal qilishiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ramos dastlabki uchrashuvning 87-daqiqasida maydondan chetlatilgani bois javob bahsida ishtirok eta olmaydi.

«Siti» va «Real» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 7 avgust kuni "Etixad" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Manba: sports.ru
103   
Добавить комментарий
Ваше имя: *