Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Gvardiola orzusidagi futbolchini oldi

Gvardiola orzusidagi futbolchini oldi

Автор: admin

Gvardiola xursand
“Valensiya” yarim himoyachisi Ferran Torres “Manchester Siti” safiga qo‘shiladigan bo‘ldi. 20 yoshli ispaniyalik futbolchi Gvardiola jamoasi bilan besh yillik shartnoma imzoladi.
Manchesterliklar Torres uchun “Valensiya”ga 25 million evro to‘laydi. Agar yarim himoyachi ishonchli o‘yin ko‘rsata olsa, ispan klubi turli bonuslar ko‘rinishida yana 12 million evro oladi.
E’tiborli jihati, Ferran Torres ilgari jamoasida o‘zini ko‘rsatolmagan va “Valensiya” undan qutilishni rejalashtirgan edi. Biroq, yakunlangan mavsumda Torres salohiyatini namoyish etib, grand klublar e’tiborini o‘zini qaratdi. U 44 ta uchrashuvda oltita gol urib, sakkizta golli pas oshirdi.

127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *