Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Klub rahbariyatini tanqid qilgan Konte «Inter»ni tark etishi mumkin

Klub rahbariyatini tanqid qilgan Konte «Inter»ni tark etishi mumkin

Автор: admin

«Inter» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte jamoani tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
Manbaning yozishicha, 51 yoshli italiyalik mutaxassisning Milan klubi rahbariyati bilan munosabati sovuqlashgan. Bosh murabbiy klub rahbariyatini jamoa futbolchilarini himoya qilmaslikda tanqid qilgan edi. 
«Konte yaqin kunlarda klub bosh direktori Juzeppe Marotta bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda. Ushbu suhbatda jamoa bosh murabbiy klubning keyingi rejalaridan qoniqmasa, o‘z lavozimini tark etishi mumkin», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Antonio Konte 2019 yilning yozida «Inter» bosh murabbiyiga aylangan edi. A Seriya joriy mavsumi yakuniga ko‘ra, «Inter» Konte qo‘l ostida «Yuventus»dan bor yo‘g‘i bir ochko kam jamg‘argan holda chempionatni 2-o‘rinda yakunladi.
157   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
A Seriya Skudeto Italiya chempionati Milan Inter milan Roma Latsiyo Yuventus Napoli A Seriyadagi eng muhim yangiliklar Milan klubidag eng so'ngi yangliklar futbolchilar Eldor Shomurodov Martinez Dibala Italiya super kubigi Italiya kubigi