Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Chelsi”ning uch futbolchisi Angliya Kubogi finalida jiddiy jarohat oldi

“Chelsi”ning uch futbolchisi Angliya Kubogi finalida jiddiy jarohat oldi

Автор: admin

“Chelsi” klubining uch nafar futbolchisi “Arsenal”ga (1:2) qarshi kechgan Angliya Kubogi finalida jarohat oldi.
Londonliklar sardori Sesar Aspilikueta birinchi bo‘limda jarohat oldi va ko‘z yosh to‘kkan holda maydonni tark etdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida esa Kristian Pulishich safdan chiqdi.
“Ko‘klar” ustozi Frenk Lempardning ma’lum qilishicha, har ikki futbolchi ham tizza orti paylaridan jarohat olgan. Futbolchilar yaqin orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Shuningdek, Pulishichning o‘rniga maydonga tushgan Pedro ham o‘yin yakunlanishi arafasida yelkasidan jarohat oldi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchida yelka chiqishi kuzatilgan bo‘lishi mumkin.
Shu tariqa Aspilikueta va Pulishich Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan “Bavariya”ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Pedroning ishtirok etish masalasi so‘roq ostida qolmoqda.
“Bavariya” va “Chelsi” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 8-avgust kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Dastlabki o‘yinda nemis klubi 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
145   
Добавить комментарий
Ваше имя: *