Goal24.uz » Jahon » Sobiq futbolchi Finlyandiya bosh vaziriga uylandi

Sobiq futbolchi Finlyandiya bosh vaziriga uylandi

Автор: admin

34 yoshli Finlyandiya bosh vaziri Sanna Marin finlyandilik sobiq futbolchi Markus Raykkonenga turmushga chiqdi, deya xabar bermoqda mamlakat hukumati rasmiy sayti.
Finlyandiyaning TPV va «Ilves» klublari sobiq futbolchisi va mamlakat bosh vazirining nikoh to‘yi 40 kishi – oila a’zolari va kelin-kuyovning yaqin do‘stlari ishtirokida o‘tkazilgan. 16 yil avval tanishgan bu juftlikning 2,5 yashar qizaloq farzandi bor. 
Ma’lumot uchun, 2019 yilning dekabr oyida Finlyandiya bosh vaziri etib saylangan Sanna Marin dunyodagi eng yosh hukumat rahbari sanaladi. 34 yoshli Markus Raykkonen esa 2009 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
190   
Добавить комментарий
Ваше имя: *