Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Moyze Ken o‘zi bilan birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchini aytdi

Moyze Ken o‘zi bilan birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchini aytdi

Автор: admin

«Everton» hujumchisi Moyze Ken o‘zi bilan birga o‘ynagan va raqib jamoada harakat qilgan eng kuchli futbolchilarni aytdi.
«Menga qarshi o‘ynagan eng kuchli futbolchilar ikkita: Neymar va Anxel Di Mariya. «Yuventus» safida «PSJ»ga qarshi o‘ynaganimizda ular ajralib turishgan. Ikkalasi ham fantastik futbolchilar. 
Men bilan birga o‘ynagan futbolchilar ichida eng zo‘ri – Krishtianu Ronaldu. U aql bovar qilmaydigan o‘yinchi ekanligini hamma biladi. U – eng yaxshisi. Insoniy fazilatlariga e’tibor qaratganda ham Ronalduga yetadigani yo‘q. «Yuventus»da u menga ko‘p yordam bergan», – deb Kenning so‘zlarini keltiradi «Everton» rasmiy sayti.
160   
Добавить комментарий
Ваше имя: *