Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Ueyn Runi: “Manchester Yunayted” Gvardiolaning “Barselona”si bilan tengma-teng o‘ynayman deb 2 ta YChL finalini boy bergan

Ueyn Runi: “Manchester Yunayted” Gvardiolaning “Barselona”si bilan tengma-teng o‘ynayman deb 2 ta YChL finalini boy bergan

Автор: admin

“Manchester Yunayted” sobiq hujumchisi Ueyn Runi Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsi doirasidagi “Manchester Siti” — “Real” uchrashuvi haqida fikr bildirar ekan, mazkur musobaqa doirasida “Barselona”ga mag‘lub bo‘lgan o‘yinlarini yodga oldi.
“Manchester Yunayted” Chempionlar Ligasining 2008/09 va 2010/11-yilgi mavsumi finallarida “Barselona”ga yutqazib qo‘ygandi.
“ “Real” kabi klub uchun o‘yinga quyidagi fikrlar bilan tushish qiyin: “Biz to‘pni raqibga topshiramiz”. Bu shuningdek, “Manchester Yunayted”ga ham tegishli. Biz Gvardiolaning “Barselona”si bilan tengma-teng o‘ynaymiz deb ikkita finalni boy berganmiz. Ularga nisbatan yuqori pressing qo‘llab,  yutmoqchi bo‘lganmiz, bu o‘zinga suiqasd qilish bilan teng.
Aleks Fergyuson nimalar degani yodimda: ‘Biz “Manchester Yunayted”miz va hujum qilamiz. Bu klub madaniyati’. O‘ylashimcha, o‘yinchilar qalbining tubida bu noto‘g‘ri yo‘l ekanini his qilgan, chunki biz 2008-yilgi yarim finalda foyda keltirgan yo‘ldan yurayotgandik. Va albatta, ikki o‘yinda ham yutqazdik.
Klub haqidagi bu gaplar to‘g‘ri, biroq keyinchalik o‘tirib, mag‘lubiyat haqida o‘ylay boshlaysan. Men uchun Chempionlar Ligasida qay yo‘l bilan g‘alaba qozonishning farqi yo‘q. “Liverpul” o‘tgan yilgi finalda qanday harakat qilganini ko‘ring. Menimcha, Zidan ham xuddi shunday o‘ylaydi.
Shunga qaramasdan, “Manchester Siti” g‘alaba qozonadi deb o‘ylayman. Ular oldinga o‘tishi va gol urishi shart emas. 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat ham ular foydasiga ishlaydi. Ular birinchi o‘yinda chuqur himoyalanib, “Real”ni hayron qoldirdi. Gvardiola jamoasi bunday o‘yin uslubida o‘ynaganini birinchi marta ko‘rdim, menimcha, “Etihad”da ham shunday bo‘ladi. Ular mushuk-siqchon o‘ynashi mumkin”, — deydi Runi.
“Manchester Siti” va “Real” o‘rtasidagi o‘yin 7-avgust kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi. Madriddagi uchrashuvda “shaharliklar” 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgandi.
148   
Добавить комментарий
Ваше имя: *