Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Lempard Villian haqida: «Uning qanday qaror qabul qilishini bilmayman»

Lempard Villian haqida: «Uning qanday qaror qabul qilishini bilmayman»

Автор: admin

«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard yarimhimoyachi Villianning jamoadagi kelajagi haqida gapirdi.
«Bu – uning qarori, menda bu savolga javob yo‘q. Men Villian bilan juda yaxshi munosabatdaman, lekin u qanday qaror qabul qilishini bilmayman. 
Agar u yaqin kunlarda qarorini aytsa, yaxshi bo‘ladi. Albatta, men Villiandan juda mamnunman. U yakunlangan mavsumda qoyilmaqom harakat qildi. 
Ammo bu – uning tanlovi, men uni hurmat qilaman. U «Chelsi»ning ajoyib vakili bo‘ldi. Agar u qolishga qaror qilsa, klub ham bundan xursand bo‘ladi», – deb Lempardning so‘zlarini keltiradi Goal.
Eslatib o‘tamiz, London klubi avgustda erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan futbolchi bilan muzokaralarni qayta boshlagan. «Aristokratlar» Villianga 2 yildan ko‘proq muddatli shartnoma taklif qilishni istashmayapti, yarimhimoyachi esa 3 yillik bitim xohlamoqda. 
Ma’lumot uchun, «Barselona» Villianga aynan 3 yillik shartnoma taklif qilgan. Shuningdek, futbolchiga «Arsenal» ham da’vogarlik qilmoqda.
105   
Добавить комментарий
Ваше имя: *