Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Venger YECHLda g‘olib chiqishga da’vogar 2 klubni aytdi

Venger YECHLda g‘olib chiqishga da’vogar 2 klubni aytdi

Автор: admin

«Arsenal» klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Yevropa chempionlar ligasining joriy mavsumida g‘olib chiqishga asosiy da’vogarlarni aytib o‘tdi.

«Siz «Atalanta» yoki «Atletiko»ga qarshi maydonga chiqqaningizda, hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Lekin salohiyat jihatdan men uchun «Manchester Siti» va «PSJ» favorit hisoblanadi. Shu bilan birga, «Pari Sen-Jermen» 3-4 yil avvalgisiga nisbatan kuchsizroq. O‘shanda ular har tomonlama kuchli edi, shuningdek, musobaqa saviyasi ham yuqori edi. Lekin Yevropa futboli darajasi juda va juda yuqori saviyada qolgan. «PSJ» esa Yevropaning eng kuchli 2-3 klubi safiga kiradi.

«PSJ» hamon Chempionlar ligasida g‘olib chiqmaganiga sabab qidirish shart emas. Hattoki «Real»da ham 10-15 yil davomida YECHLda g‘alaba qozona olmagan paytlar bo‘lgan. Keyin ular ketma-ket 3 marta g‘alaba qozonishdi», — dedi Venger.

Eslatib o‘tamiz, «Man Siti» 1/8 final bosqichida «Real» bilan to‘qnash keladi. Dastlabki o‘yinda "shaharliklar" Madridda 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan.

«PSJ» esa chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lib, jamoa 12 avgust kuni yarim final yo‘llanmasi uchun «Atalanta»ga qarshi maydonga chiqadi.
Manba: sport24.ru
193   
Добавить комментарий
Ваше имя: *