Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Penaltilarni hisobga olmasa, «Oltin butsa» kimga nasib etardi?

Penaltilarni hisobga olmasa, «Oltin butsa» kimga nasib etardi?

Автор: admin

«Lasio» hujumchisi Chiro Immobile yakunlangan mavsumda 36ta gol bilan «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritdi. Italiyalik futbolchi o‘z gollarining 14tasini penaltidan urgan.

"Gracenote Live" tvitteri penaltilarni inobatga olmagan holda Yevropaning top-chempionatlaridagi to‘purarlar ro‘yxatini tuzdi. Unga ko‘ra, «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski yetakchiga aylandi. Penaltidan urilgan gollarni chiqarib tashlsa, polshalik futbolchining to‘plari 29tani tashkil qildi.

Bu borada ikkinchi pog‘onani «Leypsig» forvardi Timo Verner band etdi — 25 gol. Immobile esa 22ta gol bilan uchinchi o‘rinni band etdi.

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa bu reytingda kuchli beshlikka kirmadi — 19 gol.

29 — Robert Levandovski
25 — Timo Verner
22 — Chiro Immobile
21 — Denni Ingz
20 — Lionel Messi
20 — Pyer-Emerik Obameyang
20 — Rahim Sterling
Manba: sport24.ru
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *