Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Real" 2013 yilda Levandovskiga shartnoma taklif qilgan edi. Bitimning shartlari bilan tanishing

"Real" 2013 yilda Levandovskiga shartnoma taklif qilgan edi. Bitimning shartlari bilan tanishing

Автор: admin

Polshaning "Onet Sport" nashri Madridning "Real" klubi forvard Robert Levandovskiga 2013 yilning dekabrida taklif qilgan shartnoma tafsilotlarini elon qildi.

O'sha paytda Dortmundning "Borussiya"sida o'ynab yurgan polyak "Bavariya" bilan og'zaki kelishuvga erishib bo'lgan edi. 
"Qaymoqranglilar" Xose Anxel Sanches va Manuel Redondo tomonidan taklif qilingan bitim 6 yilga mo'ljallangan edi: 2014 yilning iyulidan 2020 yilning iyuniga qadar.
Levandovski shartnomani imzolashga rozi bo'lganida mahalliy soliqlar bilan qo'shib hisoblaganda 10,9 mln evro bonusga ega bo'lardi. Bundan 1,9 mln o'yinchiga darhol taqdim qilinishi, pulning qolgan qismi shartnomaning har yili uchun 1,5 mln evrodan to'lab borilishi kerak edi. Robertga soliqlarni hisobga olgan holda 8,6 mln evro yillik maosh taklif qilingan.
SHuningdek, bitimda futbolchi uchun bir nechta shartlar ham bo'lgan: Levandovski motociklda yurishi, motorli qayiqda sayr qilishi, parashyutdan sakrashi va tog'ga chiqish mashqlarini bajarishi taqiqlangan.
163   
Добавить комментарий
Ваше имя: *