Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Konte «Yuventus»ga qaytishni istayapti

Konte «Yuventus»ga qaytishni istayapti

Автор: admin

La Repubblica jurnalisti Franko Vanni so‘zlariga ko‘ra, 51 yoshli mutaxassis «Yuventus»ga qaytishni istayapti. Bir necha hafta oldin u turinliklarning futbolchilari bilan gaplashgan va bosh murabbiy Mauritsio Sarrining kelajagi bilan qiziqqan.
Konte o‘tgan yili «Yuventus»ga qaytmoqchi edi. Uning nomzodi sport direktori Fabio Paratichi va vitse-prezident Pavel Nedved tomonidan ham ma’qullangandi. Ammo klub xo‘jayinlari Konte bilan shartnoma imzolashni taqiqlab qo‘yishgan.
Avvalroq, Konte «Inter» rahbariyatini tanqid qilgani uchun lavozimini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq, klub xo‘jayini Stiven Chjan uning Yevropa Ligasi musobaqasi yakuniga qadar ishlashini talab qilmoqda. 
Agar Konte «Inter»ni tark etsa, uning o‘rnini Massimiliano Allegri yoki Maurisio Pochettino egallashi mumkin.
Konte 2011-2014 yillarda «Yuventus»ni boshqargan va 3 marta Italiya chempioni bo‘lib, 2 marta Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgan.
120   
Добавить комментарий
Ваше имя: *