Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » “Oltin butsa” 10 yil deganda ilk bor “Real” yoki “Barselona” futbolchisiga nasib etmadi

“Oltin butsa” 10 yil deganda ilk bor “Real” yoki “Barselona” futbolchisiga nasib etmadi

Автор: admin

“Latsio” hujumchisi Chiro Immobile 2019/20-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra “Oltin butsa” sovriniga ega chiqdi.
Italiyalik futbolchi A Seriya joriy mavsumida 36 ta gol urdi.
Shu tariqa 2010-yildan keyin ilk bor “Real” yoki “Barselona” futbolchisi “Oltin butsa”ga ega chiqolmadi. 2009-yilda “Atletiko” hujumchisi Diyego Forlan 32 ta gol bilan ushbu sovringa ega chiqqandi. Shundan keyin o‘n yil mobaynida “Oltin to‘p”ga faqat “Real” va “Barselona” futbolchilari sazovor bo‘lgan.

Shuningdek, A Seriya futbolchisi 2007-yildan beri ilk bor “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritdi. 13 yil avval “Roma” forvardi Franchesko Totti 26 ta gol urgan holda Yevropada tengsiz bo‘lgandi.
177   
Добавить комментарий
Ваше имя: *