Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Chelsi»ni 10 futbolchi tark etishi mumkin

«Chelsi»ni 10 futbolchi tark etishi mumkin

Автор: admin

«Chelsi» tarkibda jiddiy o‘zgarishlarni sodir qilmoqchi.
The Times xabariga ko‘ra, klubni 10 futbolchi tark etishi mumkin. 
Katta ehtimol bilan darvozabon Kepa Arrisabalaga ijaraga ketadi. Chunki uning transferini amalga oshirishga qodir klubning topilishi mushkul.
Shuningdek, rahbariyat Kurt Zuma, Andreas Kristensen, Emerson va Markos Alonso bo‘yicha beriladigan takliflarni ham ko‘rib chiqishga tayyor.
Bundan tashqari, o‘tgan mavsumda jarohatlar girdobida qolgan Ngolo Kante ham sotib yuborilishi mumkin.
Hujumchi Mishi Batshuayi shartnomasi 2021 yilda nihoyasiga yetadi, shu tufayli «Chelsi» u bilan xayrlashishga tayyor. Uning transferiga «Lids» qiziqmoqda.
Villian ham katta ehtimol bilan klubni tark etadi. U bilan yangi shartnoma imzolanmadi.
113   
Добавить комментарий
Ваше имя: *