Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APLning eng qimmat tarkibga ega jamoasi ma’lum bo‘ldi

APLning eng qimmat tarkibga ega jamoasi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Transfermarkt portali 2019/20 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha Angliya Premyer Ligasi jamoalarining tarkibi narxini e’lon qildi.

Unga ko‘ra «Manchester Siti» jamoasi eng qimmat tarkibga ega bo‘lib turibdi. «Shaharliklar» tarkibi 1,03 milliard yevroga baholangan. Keyingi o‘rinda joriy mavsum chempioni «Liverpul» (1,02 milliard yevro) joy olgan.

Eng arzon tarkib «Sheffild Yunayted»ga tegishli bo‘lib, 130,4 million yevroni tashkil qilgan.

Eng qimmat tarkibga ega APL klublari top-10 ligi bilan tanishing:

1. «Manchester Siti» — 1,03 milliard yevro

2. «Liverpul» — 1,02 mlrd yevro

3. «Chelsi» — 831 million yevro

4. «Manchester Yunayted» — 728,7 mln yevro

5. «Tottenhem» — 698,4 mln yevro

6. «Arsenal» — 571,9 mln yevro

7. «Lester» — 450,5 mln yevro

8. «Everton» — 412,4 mln yevro

9. «Vulverhempton» — 342,3 mln yevro

10. «Vest Hem» — 306,3 mln yevro
Manba: daryo.uz
131   
Добавить комментарий
Ваше имя: *