Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barselona” YChLda g‘olib bo‘la olmasa Kike Setyenni iste’foga chiqaradi. Uning o‘rnini kim egallashi ma’lum

“Barselona” YChLda g‘olib bo‘la olmasa Kike Setyenni iste’foga chiqaradi. Uning o‘rnini kim egallashi ma’lum

Автор: admin

“Tottenhem” klubining sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Daily Mail nashrining xabar qilishicha, “Barselona” ushbu yozda Kike Setyenni iste’foga chiqaradigan bo‘lsa, argentinalik mutaxassisni olib kelishi mumkin.

Katalonlar klubi prezidenti Xosep Bartomeuning Pochettino bilan munosabatlari a’lo darajada. Setyen ketadigan bo‘lsa, Maurisio “Barselona” bosh murabbiyi bo‘lishga asosiy da’vogarga aylanadi.
Ta’kidlanishicha, “Barselona” Yevropa Chempionlar Ligasi joriy mavsumida g‘alaba qozona olmasa, ispaniyalik mutaxassisga chiqish eshiklari ko‘rsatilishi mumkin.
Avvalroq Pochettino “Espanyol”da ishlagani sabab “Barselona” taklifini rad etgandi. Biroq “Espanyol” kelasi mavsum Segundada o‘ynaydi, shu sabab jamoalar La Ligada o‘zaro to‘qnash kelmaydi. “Barselona”ning Kataloniya derbisidagi raqibi “Espanyol” Pochettinoning futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi jamoa bo‘lgan. Shuningdek, mutaxassis 2009—2012-yillar mobaynida jamoani boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Pochettino “Arsenal” yoki “Barselona”ga bosh murabbiy bo‘lishdan ko‘ra Argentinaga qaytib, fermada ishlashni ma’qul ko‘rishini aytgandi. Bir necha kun avval u o‘sha vaqtdagi so‘zlari orqali “Barselona”ga hurmatsizlik qilishni istamagani haqida gapirgandi.
194   
Добавить комментарий
Ваше имя: *