Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barselona” 60 million evrolik taklifdan yuz o‘girdi

“Barselona” 60 million evrolik taklifdan yuz o‘girdi

Автор: admin

Kataloniyaliklar qaysarlik qilmoqda
“Barselona” rahbariyati yanvar oyida “Braga”dan transfer huquqi 30 million evroga sotib olingan Fransishku Trinkau bo‘yicha taklifni qabul qilmadi.
Angliyaning nomi sir tutilayotgan klubi 20 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun 60 million evro to‘lamoqchi edi. Bu taklifni futbolchining agenti Jorje Mendesh olib kelgan. Mendesh “Vulverxempton” va “Manchester Yunayted”ning yaqin hamkori hisoblanadi.
Mavsumni o‘z vatanida o‘tkazgan yosh futbolchi jami 27 ta uchrashuvda sakkizta gol urdi va beshta golli pas uzatdi.
182   
Добавить комментарий
Ваше имя: *