Goal24.uz » Jahon » Adebayor «Siti» – «Real» o‘yini haqida: «Madrid klubi gol mashinasi – Ronaldu bilan favorit bo‘lardi»

Adebayor «Siti» – «Real» o‘yini haqida: «Madrid klubi gol mashinasi – Ronaldu bilan favorit bo‘lardi»

Автор: admin

«Arsenal», «Manchester Siti», «Real» va «Tottenhem» klublarining sobiq hujumchisi Emmanuel Adebayor Madrid klubining Chempionlar Ligasida keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini baholadi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» turnirning 1/8 finalida «Manchester Siti»ga to‘qnash kelgan va o‘z maydonida 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. Javob bahsi 7 avgust kuni «Etihad»da bo‘lib o‘tadi.
«Real» kambek qila oladimi? Agar siz bu haqda 2 yil oldin so‘raganingizda, men «ha» degan bo‘lardim. «Real» Krishtianu bilan favorit bo‘lardi. Jamoada istalgan vaqtda o‘yinni o‘zgartiradigan va bir mavsumda 50ta to‘p kiritadigan gol mashinasi bor edi.  
«Real» birinchi o‘yinni o‘z uyida 1:2 hisobida yutqazdi. Javob bahsi Manchesterda «Siti»ga qarshi muxlislarsiz bo‘ladi. Ammo imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q. «Real»da Marselo, Benzema, Kurtua kabi tajribali futbolchilar bor va ular buyuk o‘yinlarga tayyor», – deb Adebayorning so‘zlarini keltiradi AS.
138   
Добавить комментарий
Ваше имя: *