Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Malkom yana La Ligaga qaytishi mumkin

Malkom yana La Ligaga qaytishi mumkin

Автор: admin

Uning o‘zi ham shuni xohlayapti.
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi vingeri Malkom yana Ispaniyaga qaytishi mumkin.
Estadio Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 23 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlariga “Sevilya”dan jiddiy qiziqish paydo bo‘la boshlagan. Uni shaxsan andalusiyaliklar sport direktori Roman Monchi Ispaniyaga qaytarmoqchi. Gap shundaki, Monchi Malkomni 18 yoshidan buyon, ya’ni u “Korintians” safida to‘p surayotgan chog‘laridan buyon kuzatib keladi.
Aytish lozimki, Monchi “Roma”da ishlab yurgan paytida 2018 yil Malkomni “bo‘rilar” safiga olib kelishga harakat qilib ko‘rgan, ammo yakunda “Barselona” uni ilib ketgan edi.
Malkomning o‘zi ham kuchli chempionatlarda o‘ynamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, “Zenit” Malkomni bir yil muqaddam “Barselona”dan 40 mln evro evaziga sotib olgan edi.
106   
Добавить комментарий
Ваше имя: *