Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Fabio Kapello «Milan»ga qaytishi mumkin

Fabio Kapello «Milan»ga qaytishi mumkin

Автор: admin

Italiyalik murabbiy Fabio Kapello «Milan»ga qaytishi mumkin.
Milan News xabariga ko‘ra, 74 yoshli mutaxassis «Milan» ofisida 2 soatdan ortiq vaqt bo‘lgan. Bu shunchaki do‘stona tashrif bo‘lishi ham mumkin, ammo «Milan» rahbariyati Kapelloga klub elchisi lavozimini taklif qilmoqchi va dastlabki muzokaralarni ham o‘tkazishgan.
Fabio Kapello futbolchi sifatida 1976-1979 yillarda «Milan» sharafini himoya qilgan va 65ta o‘yinda 4ta gol urgan. 
3 marta klubni murabbiy sifatida boshqargan. 1987 yilda, 1991-1996 yillarda va 1997-1998 yillarda. Uning qo‘li ostida «rossoneri» 4 marta Italiya chempioni, 3 marta mamlakat Superkubogi sohibi, Chempionlar Ligasi va UEFA Superkubogi g‘olibi bo‘lgan.
146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *