Goal24.uz » O'zbekiston » Bundesliga klubi Oston O‘runov uchun «Spartak»ka 5 mln yevro taklif qildi

Bundesliga klubi Oston O‘runov uchun «Spartak»ka 5 mln yevro taklif qildi

Автор: admin

Tez orada «Spartak» safiga o‘tishi kutilayotgan «Ufa» yarimhimoyachisi Oston O‘runov faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.
Metaratings.ru manbasining xabar berishicha, Bundesliga klublaridan biri Moskva klubiga o‘zbekistonlik 19 yoshli futbolchi uchun 5 million yevro taklif qilgan. 
Qayd etilishicha, O‘runov «Spartak» klubi safiga o‘tgach, darhol Germaniyaga yo‘l olishi ham mumkin. Ma’lum qilinishicha, futbolchi huquqiy jihatdan «Ufa» sobiq rahbari, ayni damda «Spartak» bosh direktori sanalmish Shamil Gazizovga tegishli. 
Shunday bo‘lgan taqdirda, ushbu olib-sotish transferidan 1 million yevro «Ufa» hisob raqamiga kelib tushsa yana 1 million yevro komission xarajatlarga, qolgan 3 million esa «Spartak» hisob raqamiga kelib tushadi. 
Manbaning xabariga ko‘ra, Gazizov O‘runovni hozirning o‘zida sotmoqchi emas. «Spartak» bosh direktori O‘runovning transfer bozoridagi narxi keyingi yildayoq 5 million yevrodan o‘sishiga ishonmoqda.
182   
Добавить комментарий
Ваше имя: *