Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Memfis Depay: «Lion» g‘alabaga chanqoq jamoa, «Yuventus»dan qo‘rqmaymiz»

Memfis Depay: «Lion» g‘alabaga chanqoq jamoa, «Yuventus»dan qo‘rqmaymiz»

Автор: admin

«Lion» hujumchisi Memfis Depay Chempionlar ligasi 1/8 finali javob uchrashuvi doirasidagi «Yuventus»ga qarshi kechadigan o‘yin haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Birinchi o‘yinda jamoamizning o‘ziga bo‘lgan ishonchi quvontirgandi. O‘shanda «Yuventus» o‘z o‘yinini ko‘rsata olmagan. Oradan ancha vaqt o‘tib, vaziyat o‘zgardi. Endi ular bizdan ko‘ra ko‘proq o‘yin o‘tkazib, yaxshiroq tayyorgarlikga ega. Shunga qaramay, oradagi tanaffus menga Chempionlar ligasida o‘ynash imkonini yaratdi. Muhim bahsga tayyorman.
Turnirdagi yangi qoidaga ko‘ra, maydonda favoritni ko‘rsatish qiyin. Chunki bir o‘yinlik bahsda istalgan natija qayd etilishi mumkin. «Yuventus»da turnir finallarida to‘p surgan tajribali futbolchilar ko‘p, bizda esa hozirgidek bosimni his qila ko‘rmagan yoshlar talaygina. Bizda g‘alabaga chanqoq jamoa bor, «Yuventus»dan qo‘rqmaymiz. Turinda kerakli natijani qayd eta olsak, ajoyib bo‘lardi», - deya Depayning so‘zlarini keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, Turindagi ushbu o‘yin 7 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Fransiyadagi dastlabki bahsda «Lion» minimal hisobda g‘alabaga erishgandi.
150   
Добавить комментарий
Ваше имя: *