Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Anchelotti Chempionlar ligasining ikki favoritini aytdi

Anchelotti Chempionlar ligasining ikki favoritini aytdi

Автор: admin

«Everton» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi nimchorakfinal o‘yinlaridan oldin turnirning favoritlari haqida fikr bildirdi.
«Chempionlar ligasi «sakkizlik finali» formatida o‘tishi aksariyat klublarga ustunlik beradi. Har holda bitta o‘yindan iborat bahsda istalgan natija qayd etilishi mumkin. Mavsumdagi bosh maqsad sifatida Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘ygan klublarni turnir favoriti sifatida ko‘rsatish mumkin. Bular hozirgacha Chempionlar ligasi yarimfinaliga chiqa olmagan «PSJ» va «Manchester Siti» klubidir», - deya Anchelottining so‘zlarini keltirmoqda Football Italia.
Ma’lumot uchun, hozirga kelib «Leypsig», «Atletiko», «Atalanta» va «PSJ» klublari chorakfinal yo‘llanmasini naqd qilgan. Yana to‘rt juftlik pley-offning javob bahsini o‘tkazishlari kerak: «Real» — «Manchester Siti» (1:2), «Lion» — «Yuventus» (1:0), «Napoli» — «Barselona» (1:1) va «Chelsi» — «Bavariya» (0:3).
154   
Добавить комментарий
Ваше имя: *